00:30 / 16.08.2016
4251

AQSh va Livan qurolli kuchlari Livanda birgalikda mashg‘ulotlar o‘tkazmoqda

Foto: © AP

AQSh armiyasi, harbiy-dengiz kuchlari va sohilbo‘yi qo‘riqlash xizmati harbiylari Livan qurolli kuchlari bilan birgalikda Livan poytaxti Bayrut yaqinidagi Juniya harbiy-dengiz bazasida 8 avgustdan 17 avgustgacha "Qat'iy javob 16" (RR16) o‘quv mashg‘ulotlarini o‘tkazmoqda.

"Mening qismim bu yerda Livan qurolli kuchlariga mintaqadagi baqarorlikni ta'minlashda tajriba va bilimlar almashish yo‘li bilan ko‘mak berish uchun joylashgan", deb aytdi RR 16 adaptiv bo‘limi sardori leytenant Endryu Xekel (Andrew Heckel). U mashg‘ulotlar AQShning Livan bilan munosabatlarga sodiqligi va Livanning jangarilar tahdidlariga qarshi sa'y-harakatlarini qo‘llab-quvvatlashini ko‘rsatishga qaratilganini aytib o‘tdi. 

Bundan tashqari, mashg‘ulotlar amerikalik harbiylarning AQSh harbiy-dengiz kuchlari beshinchi floti javobgarligi hududidagi harbiy tayyorgarligini yaxshilashiga yordam beradi. Bu hudud Hind okeanining g‘arbiy qismi va Fors ko‘rfazini o‘z ichiga olgan.

Top