Jahon | 21:52 / 16.08.2016
6077
2 daqiqa o‘qiladi

Almazbek Atambayev: Qirg‘izistondagi din erkinligini qadrlash kerak

Foto: kabar.kg

"Qirg‘izistonda erishilgan din erkinligini qadrlash va ma'naviyatni tarbiyalash, milliy madaniy qadriyatlarni himoyalash va islom ma'rifatidagi kamchiliklarni birgalikda bartaraf etish lozim", deb aytdi Qirg‘iziston prezidenti Almazbek Atambayev. Bu haqda prezident apparati axborot siyosati bo‘limi ma'lum qildi. 

Uning ma'lumotlariga ko‘ra, Atambayev 16 avgustda Qirg‘iziston musulmonlari muftiysi Maksat xoji To‘ktomushev, Musulmonlar diniy boshqarmasi ulamolari kengashi raisi Abdishukur xoji Normatov, kengash a'zosi Cho‘bok xoji Jalilov va "Iymon" din madaniyatini rivojlantirish jamg‘armasi boshqaruv raisi Nurjigit Qodirbekovni qabul qildi. Ular diniy sohadagi vaziyatni hamda davlat va diniy yetakchilarning ekstremizm va radikallashuvga qarshi kurashdagi birgalikdagi sa'y-harakatlarini muvofiqlashtirish choralarini muhokama qilishdi. 
 
Atambayev oxirgi vaqtda diniy mavzudagi istalgan bahs-munozara keskin tus olayotganini ta'kidlab o‘tdi. "Bu munozaralarni eksremistlar va radikallar keskinlashtirmoqda. Dunyodagi oxirgi tendensiyalar ortida biz radikallashuv tahdidiga birgalikda qarshi turishimiz, davlatimizning dunyoviy ko‘rinishiga qat'iy amal qilishimiz lozim", deb aytdi Atambayev.   

Uchrashuv ishtirokchilari ba'zi kuchlar taqdim qilingan erkinlardan foydalanib, din sohasidagi vaziyatni keskinlashtirish uchun istalgan imkonni qidirayotgani hamda boshqa fuqarolar fikrlariga toqatsizlik namoyon qilayotgani haqidagi fikrni bildirdilar. Uchrashuvda Qirg‘izistonda bugungi kundagidek din erkinligini amalga oshirish uchun maqbul sharoitlar hech qachon yaratilmagani va dindorlar xalq birdamligiga amal qilishlari kerakligi, islom dini boshqarmasining mamlakatdagi xavfsizlikni mustahkamlash va yoshlarni ma'naviy tarbiyalashda ko‘mak ko‘rsatishi aytib o‘tildi.       

Atambayev islom – ezgulik va bilim, jadal rivojlanayotgan, ijtimoiy yo‘nalgan din ekanligini ta'kidlab o‘tdi.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish