O‘zbekiston | 15:27 / 16.08.2016
13037
2 daqiqa o‘qiladi

Andijonda yosh oilalarga “Kamolot uylari” topshirildi

Mamlakatimizda Muhtaram Yurtboshimiz tomonidan mustaqilligimizning dastlabki yillaridan boshlab yosh oilalarni qo‘llab-quvvatlashga katta e'tibor berib kelinmoqda.

Bugun jonajon O‘zbekistonimizda ulkan bunyodkorlik ishlari amalga oshirilmoqda. Yangi barpo inshootlarning barchasi yoshlar manfaatlariga xizmat qiladigan, ularning ma'naviy jihatdan yetuk bo‘lishlari, ijtimoiy himoyalangan mehnat bilan shug‘ullanishlari hamda farovon hayot kechirishlari uchun bunyod etilayotir.

San'at adabiyot, sport sohasi va boshqa yo‘nalishlarda yuksak natijalarga erishayotgan yoshlarga atab hukumatimiz tomonidan o‘tgan yillar davomida Andijonda 128ta “Kamolot uylari” qurib bitkazildi.

Kecha Andijon shahrida 90ta xonadondan iborat ana shunday uylarning egalariga topshirilishi munosabati bilan tantanali ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi.

Tantanada so‘z olgan viloyat hokimi Shuhratbek Abdurahmonov zamonaviy arxitektura meyorlari asosida bunyod etilgan uy egalarini qutlab, xonadon sohiblariga kalitlarni  topshirdi.

Elmurod ERMATOV, Andijon

Suratlar muallifi: Rustamjon Eshonov