Jamiyat | 18:11 / 16.08.2016
4939
1 daqiqa o‘qiladi

Yaponiyada safari-park xodimasiga ayiq tashlandi va uni o‘ldirdi

Foto: RIA

Yaponiyaning Gumma prefekturasida joylashgan safari-parkida Himolay ayig‘i bir ayolga hujum qildi. Ayol jarohatlandi va shifoxonaga eltish yo‘lida halok bo‘ldi.

NHK telekanali ma'lumotlariga ko‘ra, voqea 16 avgust kuni mahalliy vaqt bilan 13.00 atrofida (Toshkent vaqti bilan 09:00) yuz bergan. Dastlabki ma'lumotlarga ko‘ra, 46 yoshli park xodimasi hududni ko‘zdan kechirish maqsadida kamyonilg‘ili avtomobilida u yerda bo‘lganida, unga ayiq hujum qiladi. Ayol qorni va ko‘krak qismidan og‘ir jarohat oladi va shifoxonaga olib borish yo‘lida halok bo‘ladi.

Telekanalning tasdiqlashicha, voqea yovvoyi jonivorlar erkin sayr etib yuradigan hududda sodir bo‘lgan. Odamga hujum qilgan ayiqning bo‘yi 70 santimetr bo‘lgan.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish