Jahon | 10:04 / 16.08.2016
2826
1 daqiqa o‘qiladi

Yaponiyada jazirama sabab bir hafta ichida 5,5 mingdan ziyod kishi shifoxonaga yotqizildi

Yaponiyada so‘nggi hafta ichida 5,5 mingdan ziyod kishi quyosh urishi oqibatida shifoxonalarga yotqizilgan. Bu haqda mamlakat yong‘in xavfsizligi boshqarmasi, xuddi shu vazifani bajaruvchi FVV va tez yordam xizmatlari ma'lum qilgan.

Ko‘rsatilgan hisobotda 8 avgustdan 14 avgustga qadar bo‘lgan davrda Yaponiyada issiq ob-havo biroz chekingan, shu bois shifoxonalarga yotqizilgan bemorlar soni ham kamaygan. Bundan tashqari, o‘tgan haftada issiq urishi oqibatida halok bo‘lgan birorta ham holat qayd etilmagan. Undan oldingi haftada esa 12 kishi issiq urishidan halok bo‘lgan edi. Ularning aksari yoshi katta kishilar bo‘lgan.

Yaponiyada jazirama havo iyun o‘rtalarida qayd etilgan edi. Yomg‘irlar mavsumi tugagan bo‘lsada, mamlakatda yog‘inli havo davom etmoqda. Bu esa issiq havo bilan qo‘shilib, namlik darajasini oshib ketishiga xizmat qilmoqda.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish