Sport | 10:44 / 16.08.2016
10036
1 daqiqa o‘qiladi

Butunjahon aksildoping agentligi og‘ir judolikka uchradi

Butunjahon aksildoping agentligi (WADA)ning vitse-prezidenti Maxenkezi Arnold Stofile ona-vatani JARda  hayotdan ko‘z yumdi, deb xabar qilinmoqda tashkilot saytida. 

72 yoshli Arnold hayotining so‘nggi haftalarini shifoxonada o‘tkazgan. 

Stofile 2004-2010 yillarda JAR sport vazirligini boshqargan, keyinchalik WADA ijroiya qo‘mitasi a'zosi bo‘lgan. 2013-yili unga agentlikning vitse-prezidenti bo‘lish taklif etilgan. Stofile 2014-yil yanvaridan ushbu lavozimda faoliyat yuritib kelgan.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish