«Azim aka, endi men qanday yaşayman? Agar sizga yomon gapirgan bölsam, keçiring! Dilingizni oğritgan bölsam, ming bor uzr! Men sizni baxtli qilolmadim... »
Endigina suddan çiqqan eru xotin bir-birini quçganiça yiğlaşardi. Sal narida esa ular bilan birga kelgan ayollar ham özlarini yiğidan töxtata olmay, daströmolçalari bilan köz yoşlarini berkitişga harakat qilişardi...

Bu manzarani körib, mening ham közlarimga yoş qalqidi.

«Nahotki endi sizsiz yaşasam? Bu kunimdan ölganim yaxşi emasmi? Ayting, endi men nima qilaman? Sizsiz qanday yaşayman?!», deya ayol erini mahkam quçganiça aytib-aytib yiğlardi.

Bu holatga heç kim befarq qarab ötmasdi. Kimdir ularga açiniş bilan, kimdir loqaydlik bilan nazar taşlab ötib ketişardi.

Boşiga oppoq römol taşlab olgan onaizor hijolat çekkaniça ayolni eridan ajratib olişga harakat qilardi.

«Qizim, axir ön yil kutdik. Xudoyim bitta tirnoqqa zor qildi. Endi eringning ham yölini tösma. Peşonangga yozilgani böladi. Yur, ketamiz. Hamma bizga qarayapti, bolam», deya uni tortqilardi.

Ayol esa erini yanada mahkamroq quçdi. Onaizorning yoniga yana bir ayol keldi-da, jahl bilan uni öziga tortdi: «Böldida endi! Namunça köz yoş qilasan? Taqdiringga nima yozilgan bölsa, şu böladi. Bu beçora kuyovni ham qiynab yubordingku. Qara, ötgan-ketganning közi bizda. Şarmanda qildingku odamni! Yur, uyga ketamiz, böldi! », deya uni eridan zörğa ajratib olib, sudragudek qilib olib ketdi.

Şunda ham ayol ovozining boriça dod solib, bu ayriliqqa çiday olmasdan yiğlardi. Ayolni köçaning çekkasida kutib turgan maşinaga ötqazişdi-da, olib ketişdi. Ortidan ma'yus bölib, közida yoş bilan eri qarab qoldi. Şu payt erkakning yoniga onasi kelib: “Öğlim, dadil böl! Xotinidan ajraşgan bitta sen emassan! Kim ham şunday bölişini xohlovdi. Agar xotining şu paytgaça tuqqanida bu yerlarga kelib yurmagan bölardik. Yur, ketamiz”, deya öğlining yelkasini siypaladi. Erkak esa yuzini devor tomonga burib, yelkalari silkinganiça yiğlab yubordi.

Bu voqeani ança vaqtgaça yodimdan çiqara olmay yurdim. Ayniqsa, erkak kişi yiğlasa yomon bölarkan. Taxminimça ,bu oila ön yil intiqib farzand kutişgan. Ammo bolalik bölişolmagan. Oxir-oqibatda ajraşişga majbur qilişgan.

Albatta, bir-biriga köngil qöygan, suyanib qolgan, ön yil mobaynida turmuşning xursandçiligiyu ğamiga şerik bölgan eru xotinning ajraşişi qiyin. Erkakku hademay yana uylanib ketişi mumkin. Biroq ayol...