Jahon | 10:27 / 16.08.2016
10485
1 daqiqa o‘qiladi

Xitoy dunyodagi birinchi kvant tajribasi tomon qadam tashladi

Xitoy kvantli kommunikatsiyalar uchun dunyodagi birinchi sun'iy yo‘ldoshni muvaffaqiyatli orbitaga olib chiqdi, deb xabar qilmoqda South China Morning Post.

Qadimgi Xitoy faylasufi sharafiga nomlangan "Mo-tszi" qurilmasi "Chanchjen-2D" raketa tashuvchisi yordamida orbitaga olib chiqilgan. Parvoz Gobi sahrosidagi Tszyutsyuan kosmodromidan amalga oshirilgan. 

Nashrning qayd etishicha, ushbu parvozdan ko‘zlangan maqsadlardan biri – kvantli axborotni uzatish hamda Xitoy (Pekin) va Yevropa (Vena) o‘rtasida himoyalangan aloqani o‘rnatishdan iborat. Uning e'tiborli jihati shundaki, g‘arazgo‘y xakerlar bu kabi aloqani buza olishmaydi. 

"Ushbu loyiha kvantli kommunikatsiyalarni jahon miqyosida hayotga tatbiq etish imkoniyatini isbotlashi kerak. Bu kvantli internetni rivojlantirish yo‘lida tashlanayotgan muhim qadamdir", - deb izoh bergan avstriyalik fizik olim Anton Tsaylinger.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish