Fan-texnika | 10:02 / 16.08.2016
4168
2 daqiqa o‘qiladi

"Xonda" yangi avloddagi Civic xetchbekining suratlarini namoyish qildi

Honda kompaniyasi 10-avloddagi Civic xetchbekining rasmiy suratlarini tarqatdi. Hozircha modelning Shimoliy Amerika uchun versiyasi suratlari chop etildi. Bu mashina kuzda sotila boshlanadi. Mashinaning Yevropa varianti oktabrda Parij avtosalonida namoyish qilinadi, sotuvga esa 2017 yil boshida chiqariladi.

Yangi mashina 2015 yilda Jyenevadagi motorshouda taqdim qilingan shunday nomdagi prototip uslubida bajarilgan. Suratlarda modelning qimmatbaho versiyasi Sport Touring tasvirlangan. U standart modeldan tajovuzkor kuzov osma detallari, jumladan orqa spoyler, kengaytirilgan yon "yubkalar", ikkita tutun chiqarish quvuri bilan farqlanadi. 

AQShda mashina 1,5 litrli benzin dvigateli bilan taklif qilinadi, bu dvigatel standart versiyada 174 ot kuchiga, qimmatbaho versiyada esa 180 ot kuchiga erishadi. Uzatmalar qutisi olti pog‘onali  mexanikyoki variator ko‘rinishida ishlangan. 

Mashinaning yevropacha varianti uchun 1 litrli benzinli dvigatel asosiy dvigatel bo‘ladi. Uning quvvati 100 ot kuchini tashkil qiladi. Bundan tashqari, 1,5 litrli purkamali va 1,6 litrli dizel dvigatellar ham taklif qilinadi. 

Mashina moslashuvchan kruiz-kontrol, bosh yorug‘likning yorug‘lik-diodli faralari, yo‘lda qatorlab harakatlanishni kuzatish tizimi, old to‘qnashuvlardan ogohlantiruvchi funksiya bilan jihozlanadi. Bundan tashqari, mashina uchun Apple CarPlay va Android Auto’ga ega multimedia majmuasini buyurtirish mumkin. 

Keyinroq mashinaning quvvatlangan Type R varianti paydo bo‘ladi. Dastlabki ma'lumotlarga ko‘ra, xot-xetch ikki litrli, 310 ot kuchidan 345 ot kuchigacha bo‘lgan dvigatel bilan jihozlanadi. Bu model 2017 yil oxirlariga yaqin namoyish qilinadi.