Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Kaliforniyada yuz bergan yong‘in 175ga yaqin uyni vayron qildi
AQShning Kaliforniya shtatidagi Louer-Leyk shahrida yuz bergan yong‘in sabab 175ga yaqin uy yo‘q bo‘ldi. Bu haqda shtat o‘rmonlarni yong‘indan himoya qilish boshqarmasining rasmiy vakili Deniyel Berlant ma'lum qilgan.
Uning aytishicha, voqea joyida mutaxassislar guruhi ishlamoqda.
Ma'lum qilinishicha, yong‘inni o‘chirishga o‘t o‘chirish xizmatining 1,6 ming xodimi jalb qilingan.
Kaliforniya boshqaruv ma'muriyatining fikricha, yong‘inga sabab qasddan o‘t qo‘yishdir. Bu ishni qilgan jinoyatchi ham qo‘lga olingan. Bu haqda boshqarma hisobotida keltirib o‘tilgan.
Qo‘lga olingan jinoyatchining ismi Demin Entoni Pashilk bo‘lib, u Klirleyk shahrida (Kaliforniya shtati) yashagan.