Jamiyat | 08:12 / 16.08.2016
5137
1 daqiqa o‘qiladi

Kanoeda eshkak eshish bo‘yicha Germaniya terma jamoasi murabbiyi avtohalokat oqibatida vafot etdi

Foto: Getty images

Kanoeda eshkak eshish bo‘yicha Germaniya terma jamoasi murabbiyi Stefan Xentse Rio-de-Janeyroda yuz bergan jiddiy avtohalokatdan keyin olingan jarohatlardan shifoxonada vafot etdi, deb xabar bermoqda Focus.

Xentse yo‘l-transport hodisasi oqibatida boshidan jarohat olgandi va yaqin oradagi shifoxonada tezlik bilan operatsiya qilingandi. Avariyada shuningdek yana bir murabbiy –  Kristian Keding ham jarohat olgan.