Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Kichik biznesni qo‘llab-quvvatlash fondi 1,64 ming tadbirkorga amaliy yordam ko‘rsatdi
Kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash davlat fondi 2016 yilning yanvar-fevral oylarida 1646 ta tadbirkorlik sub'yektiga tashqi bozorda o‘z tovar va xizmatlarini yurg‘izish uchun yuridik, moliyaviy va tashkiliy yordam ko‘rsatdi.
Amalga oshirilgan ishlar natijasida, 1,32 mlrd dollarlik eksport shartnomalari tuzildi. 379 ta tadbirkorlik sub'yekti 643 mln dollarlik eksport qilishga muvaffaq bo‘ldi.
Ko‘rsatkichlar o‘tgan yilning shu davriga nisbatan taqqoslanadigan bo‘lsa, Fond tomonidan qo‘llab-quvvatlanganlar soni 164 taga ko‘paygan. Eksport hajmi esa 26 foizga yoki 131 mln dollarga oshgan.