Jahon | 19:26 / 16.08.2016
4560
1 daqiqa o‘qiladi

Qozog‘istonda Ukrainadagi janglarda qatnashgan erkak sudlanmoqda

Qozog‘istonning Oqtobe viloyati sudi 2014 yil sentabridan 2015 yil fevraligacha Ukrainaning Donetsk viloyati hududidagi janglarda qatnashgan Qozog‘iston fuqarosiga nisbatan ochilgan jinoiy ishni ko‘rib chiqmoqda, deb xabar bermoqda RIA “Novosti” axborot agentligi.   

"2015 yil fevralida erkak Qozog‘istonga shaxsiy maishiy muammolarini hal qilgani qaytgan. Qozog‘iston milliy xavfsizlik qo‘mitasining Oqtobe viloyati departamenti xodimlarining 24 fevraldagi tezkor-qidiruv tadbirlari davomida erkakning jinoiy faoliyatiga chek qo‘yildi", deb ma'lum qilindi sud matbuot xizmatida. 

Ta'kidlanishicha, erkak, jumladan, tan olinmagan Donetsk xalq respublikasida aholi punktlarini mudofaa qilish va harbiy qism obektlarini qo‘riqlash bilan shug‘ullangan.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish