Sport | 15:59 / 16.08.2016
13165
1 daqiqa o‘qiladi

Misrlik dzyudochi isroillik raqibiga qarshi bahsdan keyin unga hurmatsizlik qilgani uchun Olimpiadadan haydab yuborilgan

Misrlik dzyudochi Islom al-Shexabi Rio-2016 Olimpiadasi doirasida isroillik Oru Sassonga qarshi mag‘lubiyatli bellashuvdan keyin raqibi bilan qo‘l berib xayrlashmagani uchun xayfsan oldi va uyiga jo‘natib yuborilgan. Bu haqda Xalqaro Olimpiya qo‘mitasi saytida ma'lum qilingan.

Mazkur hodisa 12 avgust kuni, +100 kilogramm vazn toifasida 1/32 finalda tatamiga chiqqan Sasson va Shexabi o‘rtasidagi bellashuvdan so‘ng yuz bergandi. Uchrashuv isroillik dzyudochining g‘alabasi bilan yakunlangan, bahs yakunlangach, misrlik sportchi dzyudoda qabul qilingan ta'zim o‘rniga boshini sekingina egib qo‘ygan. G‘olib Shexabining oldiga qo‘lini siqish uchun kelganida, u raqibini rad etib, tatamidan chiqib ketgandi.

XOQ Shexabining bunday harakati Olimpiadaning qadriyatlari sifatida muhrlangan feyr-pley va do‘stlik ruhiyati prinsiplariga mos emasligini ma'lum qildi.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish