Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Olimlar bashorati: kelajakda barcha yozgi Olimpiadalarni bekor qilishga to‘g‘ri kelishi mumkin
Amerikalik olimlar 2084 yilga kelib global isish dunyoning ko‘plab shaharlarida yozgi Olimpiadalarni o‘tkazishni ilojsiz qilishini ta'kidlamoqdalar.
AQShning Berkli shahrida joylashgan Kaliforniya universitetining bir guruh iqlimshunoslari 70 yildan keyin Shimoliy yarimshardagi faqatgina 8 ta shahar (Yevropa shaharlaridan tashqari), Shimoliy Amerikadagi esa 3 ta shahar Olimpiadalarni qabul qila olishi mumkinligini aniqlashdi. Qolgan shaharlarda havo harorati sportchilar va tomoshabinlar uchun chidab bo‘lmas darajada issiq bo‘ladi.
Olimlar bunday fikrga harorat, namlik, issiqlik radiatsiyasi va shamol tezligini hisobga olgan holda keldilar. Bunda aholisi kamida 600 ming kishidan iborat bo‘lgan shaharlar qaraldi, chunki Xalqaro Olimpiya qo‘mitasi talablariga ko‘ra aynan shunday shaharlarda Olimpiada o‘tkazilishi mumkin.
Dengiz sathidan 1,5 km balandlikda joylashgan yirik shaharlar boshqa sabablarga ko‘ra, jumladan havo siyrakligi sababli qaralmadi.
Bu jihatlarga ko‘ra, Lotin Amerikasi va Afrikada 21-asrning oxiridan boshlab yozgi Olimpiadalarni o‘tkazishning iloji bo‘lmaydi. G‘arbiy Yevropada u yoki bu tadbirlarni bekor qilish kichik xavfi bo‘lgan 25 ta shahar qolmoqda.
Qolgan dunyoda Olimpiya o‘yinlarini o‘tkazishga yaroqli bo‘lgan shaharlar ro‘yxati 8 ta shahardan iborat bo‘lib, bular: Sankt-Peterburg, Krasnoyarsk, Riga, Bishkek, Ulan-Bator, San-Frantsisko, Kalgari va Vankuver.
Biroq agar murosaga borilsa, ya'ni yozgi Olimpiada dasturidan muayyan sport turlarini chiqarib tashlasa yoki ular ochiq osmon ostida o‘tkazilmasa bu ro‘yxatni kengaytirish mumkin.