Sport | 03:50 / 16.08.2016
20666
1 daqiqa o‘qiladi

Rio-2016, boks. Bektemir Meliqo‘ziyev hindistonlik bokschini yengib, yarim finalga chiqdi

Rio-2016 Olimpiadasining 75 kilogrammgacha bo‘lgan bokschilar o‘rtasidagi musobaqada o‘zbekistonlik Bektemir Meliqo‘ziyev hindistonlik Vikas Krishanga qarshi ringga chiqdi.

O‘zbekistonlik bokschi raqibiga hech qanday imkon qoldirmay, 3:0 hisobidagi g‘alabaga erishdi. Yakuniy natija — 30:27, 30:26, 30:26.

 

Shu tariqa o‘zbekistonlik bokschi o‘zi uchun kamida bronza medalini hal qilib qo‘ydi. 18 avgust kuni bo‘lib o‘tadigan yarim finalda Bektemir Meliqo‘ziyev meksikalik Misael Rodrigezga qarshi ringga chiqadi.

Bektemir Meliqo‘ziyev 1/8 finalda avstraliyalik Deniyel Lyuisga qarshi ringga chiqib, raqibini uch raundda ham mag‘lub etishning uddasidan chiqa olgandi.

Ma'lumot uchun, Bektemir Meliqo‘ziyev Jahon chempionatining kumush medal sovrindori, Osiyo chempioni, o‘smirlar o‘rtasida Nankin Olimpiadasi g‘olibi hisoblanadi.