Sport | 09:21 / 16.08.2016
23262
3 daqiqa o‘qiladi

Rio-2016 kundaligi. O‘ninchi kun bahslaridan keyin kuchli uchlik o‘zgarmadi, O‘zbekiston 12 pog‘ona yuqoriladi

Rio-2016 olimpiadasining o‘ninchi kun bahslari yakunlandi. O‘ninchi kuni oltin medal olmagan bo‘lsada medallar hisobi bo‘yicha AQSh peshqadamlikni davom ettirmoqda - 75ta medal (26-23-26).

O‘ninchi kunda ham britaniyaliklar 1ta oltin, 1ta kumush va 1ta bronza olib, jami 41ta medal bilan (16-17-9) ikkinchi o‘rinda joylashgan.

Xitoy 46 medal bilan uchinchi (15-14-17), Rossiya 35 medal bilan (11-12-12) to‘rtinchi o‘rinda.

O‘zbekiston terma jamoasi bu kuni yana bitta oltin medal oldi va 39 o‘rindan 27-o‘ringa ko‘tarildi. Hozircha terma jamoa 2ta oltin va 4ta bronza oldi. Yana 2 sportchi yarim final va finalga chiqqan.

Turnirda ishtirok etayotgan 206 terma jamoadan 72tasi shu vaqtga qadar medalli bo‘ldi.

Rio-2016
Rio-de-Janeyro, Braziliya
15 avgust

Suzish, ayollar, 10 km, ochiq suv
1. Sharon Van Rauvendal (Niderlandiya)
2. Rakele Bruni (Italiya)
3. Poliana Okimoto (Braziliya)

Ot sporti, shaxsiy birinchilik, mustaqil dastur
1. Sharlott Dyujarden (Buyuk Britaniya) 
2. Izabel Vert (Germaniya)
3. Kristina Broring-Shpreye (Germaniya)

Yengil atletika, ayollar, bosqon uloqtirish
1. Anita Vlodarchik (Polsha)
2. Chjan Vensyu (Kitay)
3. Sofi Xitchon (Buyuk Britaniya)

Yengil atletika, ayollar, 3000 metrga to‘siqlar osha yugurish
1. Rut Jyebet (Bahrayn)
2. Xivin Jyepkemoi (Keniya) 
3. Emma Kobern (AQSh)

Boks, erkaklar, 69 kg, 1/2 final
3. Shahram G‘iyosov (O‘zbekiston)
3. Doniyar Yeleusinov (Qozog‘iston)

Sport gimnastikasi
Erkaklar, halqa

1. Elefterios Petrunios (Gretsiya)
2. Artur Dzanetti (Braziliya)
3. Denis Ablyazin (Rossiya)

Erkaklar, tayanib sakrash
1. Li Segvan (KXDR)
2. Denis Ablyazin (Rossiya)
3. Kendzo Sirai (Yaponiya)

Ayollar, xodada bajariladigan mashqlar
1. Sanne Vevers (Niderlandiya)
2. Loren Ernandes (AQSh)
3. Simone Bayls (AQSh)

Yunon-rim kurashi, erkaklar, -85 kg
1. Davit Chakvetadze (Rossiya)
2. Jan Belenyuk (Ukraina) 
3. Denis Kudla (Germaniya)
3. Javid Gamzatov (Belarus)

Velosport, erkaklar, trek
1. Elia Viviani (Italiya)
2. Mark Kevendish (Buyuk Britaniya)
3. Lasse Norman Xansen (Daniya)

Yunon-rim kurashi, erkaklar, -130 kg
1. Mixayn Lopes Nunes (Kuba) 
2. Riza Kayaalp (Turkiya)
3. Sergey Semenov (Rossiya)
3. Sabax Shariati (Ozarbayjon)

Og‘ir atletika, erkaklar, -105 kg
1. Ruslan Nuriddinov (O‘zbekiston)
2. Simon Martirosyan (Armaniston)
3. Aleksandr Zaychikov (Qozog‘iston)

Boks, erkaklar, -91 kg
1. Yevgeniy Tishchenko (Rossiya) 
2. Vasiliy Levit (Qozog‘iston)

Yengil atletika, erkaklar
1. Tiago da Silva (Braziliya)
2. Reno Lavileni (Fransiya)
3. Sem Kendriks (AQSh)

800 m, erkaklar
1. David Rudisha (Keniya)
2. Taufik Maxlufi (Jazoir)
3. Kleyton Merfi (AQSh)

400 m, ayollar
1. Shona Miller (Bagama)
2. Ellison Feliks (AQSh)
3. Sherika Jyekson (Yamayka)

 

 

 

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish