Jahon | 20:25 / 16.08.2016
6850
2 daqiqa o‘qiladi

Rossiya operatori 470ta noqonuniy saytlarni to‘sib qo‘yishning uddasidan chiqdi

Rossiyaning raqamli televideniya operatori «Trikolor TV» 2015-yil so‘nggi choragi va joriy yilning birinchi yarim yilligida amalga oshirgan, mualliflik huquqi doirasidagi qonunbuzarliklarga qarshi faoliyati natijasini e'lon qildi. Shu davr mobaynida provayderning so‘rovi bilan 470ta internet-manbasi to‘sib qo‘yilgan, deyiladi kompaniya saytida. 

Sun'iy yo‘ldoshli telekanallarni internet orqali noqonuniy ravishda ko‘rish imkonini beradigan portallarga kirish sud tortishuvlarigacha bo‘lgan jarayonda to‘silgan. 

Ammo, «Trikolor TV»ning sa'y-harakatlari bilan aynan qaysi internet portallari taqiqlanganiga oydinlik kiritilmagan. Shu bilan birga, noqonuniy manbalar olib tashlangach, qaysi saytlar «qora ro‘yxat»dan chiqarilganiga ham ma'lum qilinmagan. 

Bundan tashqari, «Trikolor TV» hisobot davri mobaynida huquq posbonlari yordamida Rossiyaning bir necha mintaqasida soxta smart-kartalar va zararli dasturiy ta'minotlar tarqalishining oldini olish borasida katta natijaga erishgan. Shuningdek, Rossiya va MDH hududida 12ta jinoiy ish qo‘zg‘atilgan. Uchta material sud ko‘rib chiqilishi uchun topshirilgan, ikkitasi bo‘yicha ayblov e'lon qilingan. 9ta ish bo‘yicha surishtiruv ishi davom etmoqda.