Jamiyat | 07:06 / 16.08.2016
9189
1 daqiqa o‘qiladi
Toshkent shahri haydovchilaridan noqulayliklarga yana bir hafta chidab turish so‘ralmoqda
Nurafshon ko‘chasining uzaytirilishi va Muqimiy ko‘chasining rekonstruksiya qilinishi munosabati bilan yopilgan ko‘chalar 22 avgustda ochiladi.
Toshkent hokimiyati o‘z saytida shaharliklarga harakatlanishning cheklanishi va ba'zi ko‘chalarning yopilishi sababli yuzaga kelgan noqulayliklar uchun uzr so‘radi.
Gap, jumladan, Nurafshon ko‘chasining uzaytirilishi va Muqimiy ko‘chasi orqali ko‘prikning qurilishi haqida ketmoqda. Bu ko‘chalar poytaxtda yangi transport halqasini shakllantiradi.
22 avgustdan Muqimiy ko‘chasida qurilish ishlari tugatilishi bilan cheklovlar olinadi.