Jahon | 00:50 / 17.08.2016
5161
2 daqiqa o‘qiladi

Dubayda Hyperloop texnologiyasi yordamida kemalardan yuklarni tushirish imkoniyati o‘rganilmoqda

Dubaydagi portlar operatori Hyperloop innovatsion transport tizimi yordamida kemalardan yuklarni tushirish imkoniyatini o‘rganmoqda, deb aytilmodqa DP World kompaniyasi matbuot bayonotida.

DP World va AQShning Hyperloop One kompaniyasi 16 avgustda Dubayda hamfikrlik memorandumini imzoladi, unga ko‘ra Hyperloop texnologiyasi yordamida portda turgan kemalardan yuklarni to‘g‘ri Dubaydagi konteyner terminaliga yetkazishning maqsadga muvofiqligi bo‘yicha tadqiqot o‘tkaziladi. Tadqiqot hududdagi eng yirik portlardan biri bo‘lgan Jabal Ali porti namunasida o‘rganiladi.    
Ta'kidlanishicha,  Hyperloop texnologiyasi kemalardan an'anaviy ravishda yuklarni tushirish zaruratidan xalos bo‘lish hamda doklar va portning boshqa infratuzilmasini ozod qilish va shu bilan birga avtotransport to‘planishi va atrof-muhitga zararli chiqindilarning chiqish darajasini kamaytirishga imkon beradi.  

Dubay kelajak jamg‘armasi Hyperloop o‘ta tezkor transport tizimi qurish rejasini ma'lum qilgandi. Bu tizim yo‘lovchilarni Dubaydan Al-Fujayra amirligiga 10 daqiqada yetkazib qo‘yadi, vaholanki hozirda bu yo‘lni avtomobilda bosib o‘tish 2 soatga yaqin vaqtni oladi. Soatiga 1,2 ming km tezlik bilan harakatlanaligan poyezd 10 daqiqa ichida ikki amirlik orasidagi 200 km masofani bosib o‘ta oladi.

Hyperloop (giper sirtmoq) g‘oyasini 2012 yilda muhandis va tadbirkor Ilon Mask taklif qilgan. Yangi transport vositasi samolyotdan 2 marta va tezkor poyezddan 3-4 marta tezroq bo‘ladi. Bundan tashqari, bu transport xavfsiz bo‘ladi va quyosh energiyasida ishlaydi.