Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Sport | 08:40 / 17.08.2016
10476
1 daqiqa o‘qiladi
Yengil atletika bo‘yicha Rossiya terma jamoasi 2008 yilgi Olimpiada oltin medalidan mahrum etildi
Yengil atletika bo‘yicha Rossiya terma jamoasi 2008 yilgi Pekin Olimpiadasida 4x100 estafeta yugurishida qo‘lga kiritilgan oltin medalidan mahrum etildi. Bunga estafetada ishtirok etgan sportchi Yuliya Chermoshanskayaning doping-namunasi ijobiy natija bergani sabab bo‘lgan. Bu haqda Xalqaro Olimpiya qo‘mitasi rasmiy saytida ma'lum qilindi.
Pekin Olimpiadasida olingan doping-namunalar qayta tekshirilgandan keyin bunday qarorga kelingan.
Chermoshanskaya namunasi ikkita taqiqlangan moddaga ijobiy natija bergan.
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish