Jahon | 08:07 / 17.08.2016
5619
2 daqiqa o‘qiladi

Klinton: Tramp AQShning do‘stlari va raqiblariga noto‘g‘ri signallar bermoqda

AQSh prezidenti lavozimiga nomzod Donald Trampning milliy xavfsizlik haqidagi fikrlari AQShning do‘stlari va raqiblariga noto‘g‘ri signallar bermoqda. Bunday fikrni AQSh prezidenti lavozimiga demokratlardan nomzod  Xillari Klinton Filadelfiyadagi nutqida bildirib o‘tdi.

"Donald Tramp milliy xavfsizlik haqida gapirganda hayratdan yoqamni ushlayman. U tez-tez gapiradigan narsalar bizga ziyon yetkazadi. Trampning bu gaplari butun dunyo bo‘ylab bizning do‘stlarga ham, raqiblarga ham noto‘g‘ri signallar beradi", deb aytdi Klinton.

Klinton o‘zining iqtisodiy dasturiga izoh bera turib, u o‘tkazadigan islohotlarning moliyalashtirish manbai AShning badavlat aholisi bo‘lishini aytdi. "Biz pul bor joyga boramiz. Biz superboylar, korporatsiyalar, Uoll-stritni ular adolatli ulush to‘lamagunlaricha taqib qilamiz", deb aytdi Klinton.

Trampning fikricha, Klinton yetakchi korporatsiyalar va banklar odami bo‘lib, u Uoll-stritni faqatgina gapda isloh qilishga va'da beradi.