Jahon | 00:46 / 18.08.2016
9206
2 daqiqa o‘qiladi

AQShlik oila o‘g‘lining IShID bilan aloqadorlikda nohaq ayblangani uchun 50 mln dollar tovon puli so‘ramoqda

AQShning Nyu-York shtatida pokistonlik oila o‘zining 12 yoshli farzandi Nashvan Uppal maktabi rahbariyati tomonidan IShID terrorchilik guruhi bilan aloqadorlikda ayblangani uchun maktabni sudga berdi. 

Maktab rahbariyati, bundan tashqari, o‘quvchisini go‘yoki IShIDga sodiqlikka qasamyod keltirgani haqidagi iqrorni imzolashga majbur qilgan. 

Ta'kidlanishicha, Nashvan Uppal ongi borasida muammolarga ega va unga nima deyilayotganini oxirigacha anglamaydi. U bu nuqsoni sababli tengdoshlari tomonidan ko‘plab haqoratlarga uchragan. Bir necha oy avval shunday tahqirlashlardan birida Uppal maktab atrofidagi panjarani portlatmoqchi ekanligi haqidagi savolga tasdiq javobini bergan.       

Shundan keyin maktab rahbariyati bolani yoniga chaqirtirib, u IShID a'zosi ekanligi haqidagi iqrorni imzolashga majbur qilgan, so‘ngra esa politsiya chaqirtirgan. Huquq-tartibot muassasalari xodimlari bolaning uyida tintuv o‘tkazib, hech qanday shubhali narsa aniqlashmagan.

Shu sababli Uppal oilasi 50 mln dollarlik ma'naviy zarar talabi bilan sudga da'vo arizasi bergan.

 

Шуҳрат Раҳимов
Tayyorlagan Шуҳрат Раҳимов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish