Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Sport | 23:14 / 19.08.2016
14924
1 daqiqa o‘qiladi
Rio-2016. G‘oibnazarovning finaldagi raqibi ozarbayjonlik Kollazo Sotomayor bo‘ladi
Rio—2016 ning 64 kilogrammgacha bo‘lgan bokschilar o‘rtasidagi musobaqasida yana bir yarim final jangi o‘tkazildi. Bu jangda biroz oldinroq finalga chiqqan o‘zbekistonlik Fazliddin G‘oibnazarovning raqibi aniqlandi.
Ozarbayjon sharafini himoya qilgan kelib chiqishi kubalik bo‘lgan bokschi Kollazo Sotomayor Germaniya sharafini himoya qilayotgan asli armanistonlik Artyom Arutyanni mutlaq ustunlik bilan yengdi.

Endi bu vazn toifasida g‘olibni aniqlash uchun 21 avgust kuni Fazliddin G‘oibnazarov va Kollazo Sotomayor o‘rtasida jang o‘tkaziladi.
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish