Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Tibet hukumati o‘zini Budda deb atagan firibgarni fosh qildi
Tibet hukumati o‘zini Budda deb atab, barcha istovchilarga 300 ming yuanga (45 ming dollarga) reinkarnatsiya (ruhning boshqa tanaga o‘tishi) kursini taklif qilgan firibgar erkakni fosh qildi. Bu haqda The South China Morning Post nashri xabar berdi.
Firibgar o‘zini ruhi yettinchi marta boshqa tanaga o‘tgan tibetlik tulku (Buddaning uchta tanasidan biri) Kyabjye Linga Rinpoche deb tanishtirgan. Tibet buddachilari ma'lumotlariga ko‘ra, asl Ling Rinpoche 1985 yilda tug‘ilgan va hozir Dalay-lama bilan yashaydi.
Qallob aktyor Van Syaominga o‘xshash bo‘lgani uchun internet foydalanuvchilar orasida juda mashhurlashib ketgan. Foydalanuvchilar uni "2008 yildan beri yashayotgan eng chiroyli Budda" deb atay boshlashgan. Uning Weibo ijtimoiy tarmog‘ida 80 mingta obunachisi va buddaviy musiqadan iborat ikkita albomi bo‘lgan.
Biroq 21 avgustda Xitoy Buddaviylik uyushmasi hozirda Xitoyda yashayotgan barcha Buddalarning ro‘yxatini keltirgan. Erkakning nomi u yerda bo‘lmagan va shu tariqa uning firibgarligi fosh bo‘lgan.
Mavzuga oid
22:37 / 02.02.2026
Xitoy ketma-ket 16 yildan buyon dunyodagi eng yirik kemasoz davlat maqomini saqlab turibdi
20:40 / 02.02.2026
Xitoyda Birma mafiyasining yana to‘rt a’zosi qatl etildi
23:40 / 30.01.2026
Panama kanali Xitoy kompaniyasidan olib qo‘yildi
20:07 / 30.01.2026