Sport | 22:35 / 23.08.2016
8908
2 daqiqa o‘qiladi

OChL, chorak final. «Lokomotiv» safarda «Al-Ayn» bilan durang o‘ynadi

Toshkentning «Lokomotiv» futbol klubi Osiyo Chempionlar Ligasi chorak finalining dastlabki uchrashuvini o‘tkazdi.

BAAning «Al-Ayn» klubiga qarshi safarda o‘ynagan «temiryo‘lchilar» golsiz durang natija bilan qaytadigan bo‘ldi — 0:0.

Javob uchrashuvi 13 sentabr kuni Toshkent shahrida bo‘lib o‘tadi.

«Al-Ayn» (BAA) — «Lokomotiv» (O‘zbekiston) 0:0

«Al Ayn»: Xolid Eysa — Ismoil Ahmad, Lukas Kayo (Ibrohim Diaki, 83), Duglas (Muhammad Abdulrahmon, 68), Umar Abdulrahmon, Muhanad Salim, Muhammad Ahmad G‘arib, Amir Abdulrahmon, Li Myung Ju, Muhammad Fayoz, Danilo Asprilla.

«Lokomotiv»: Ignatiy Nesterov — Oleg Zoteyev (Sherzod Fayziyev, 87), Nemanya Yanichich, Islom To‘xtaxo‘jayev, Kaxi Maxaradze, Timur Kapadze, Sanjar Shoahmedov, Sardor Mirzayev, Server Jyeparov, Artur Gevorkyan (Marat Bikmayev, 68), Temurxo‘ja Abduxoliqov (Ikrom Aliboyev, 76).

Азиз Қаршиев
Tayyorlagan Азиз Қаршиев
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish