Sport | 21:50 / 25.08.2016
6194
2 daqiqa o‘qiladi

Xalqaro og‘ir atletika federatsiyasi xitoylik sportchilarning chetlatilishi mumkinligini tasdiqladi

Xitoy og‘ir atletika uyushmasi Xitoyni Olimpiada o‘yinlarida taqdim qiluvchi sportchilarda doping holatlari takrorlanayotgani sababli bir yilga musobaqalardan diskvalifikatsiya qilinishi mumkin. Bu haqda Xalqaro og‘ir atletika federatsiyasiga (IWF) iqtibos keltirgan holda AP xabar bermoqda. 

Avvalroq 2008 yilgi Pekindagi Olimpiadada olingan doping-namunalari qayta tekshirishlardan keyin ijobiy natija bergan og‘ir atletikachilarning umumiy soni 25 ga yetgani, ulardan 7 ta davlatdan bo‘lgan 16 nafari medallar sohiblari ekanligi ma'lum bo‘lgandi. Ular orasida shuningdek uch nafar xitoylik sportchi: Lyu Chunxun, Tsao Ley va Chen Sesya bo‘lgan. Bu sportchilarning barchalari Pekin Olimpiadasining oltin medallarini qo‘lga kiritganlar.

Xitoy hozirda dunyo og‘ir atletikasida yetakchilik qilmoqda. Xitoylik og‘ir atletikachilar Riodagi Olimpiadada 7 ta medal, jumladan 5 ta oltin medal qo‘lga kiritdilar.

IWF ijroiya qo‘mitasi 22 iyunda biror bir mamlakat federatsiyasining 2008 va 2012 yilgi Olimpiadada doping-namunalari ijobiy natija bergan sportchilari soni 3 yoki undan ko‘proq bo‘lsa, bu federatsiyalar bir yilga diskvalifitsiya qilinishi haqidagi qarorni qabul qilgan. Shu tariqa Xitoy og‘ir atletika uyushmasidan tashqari, yana 6 ta davlat, jumladan, Ozarbayjon, Turkiya va Ukraina og‘ir atletika federatsiyalari musobaqalardan chetlatilishi mumkin.  

 

Толиб Раҳматов
Tayyorlagan Толиб Раҳматов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish