Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Samsung'ning eng yangi flagmani zaryadlanayotgan vaqtda portlab ketdi
Xitoyda eng yangi Samsung Galaxy Note 7 flagman smartfonining ilk xaridorlaridan biri ma'lum qilishicha, qurilma zaryadlash uskunasiga ulanganda portlab ketgan. Smartfon egasi ziyon yetgan gadjyetining suratlarini o‘zining Baidu'dagi sahifasida namoyish qildi.
Suratlarga ko‘ra, portlashga smartfon sohibining Samsung original zaryadlash uskunasidan emas, boshqasidan foydalangani sabab bo‘lgan.
Bundan avval britaniyalik velosipedchi Garet Klirning orqa cho‘ntagida iPhone 6 qurilmasi portlab ketgani to‘g‘risida xabar tarqalgandi, shundan so‘ng jabrlanuvchiga teri ko‘chirib o‘tkazishga to‘g‘ri kelgan.
Xuddi shunday voqea hindistonlik Ajay Raji Negi bilan ham sodir bo‘lgan. U o‘zining feysbukida Xiaomi Mi4i smartfonining kutilmaganda qo‘lida portlab ketganidan jabrlangani haqida ma'lum qilgandi.




Mavzuga oid
20:00 / 03.07.2026
Gadjetlar qimmatlamoqda: chiplarning global taqchilligi smartfon va noutbuklar narxini oshiryapti
10:40 / 01.07.2026
Monakodagi portlash bo‘yicha tergovda UXX nomi tilga olindi
20:41 / 30.06.2026
Yangi Samsung Galaxy 2026 yilning "eng bema’ni" smartfoni deb topildi
09:25 / 30.06.2026