Iqtisodiyot | 08:51 / 27.08.2016
4748
1 daqiqa o‘qiladi
Apollo Global jamg‘armasi bulutli xizmatlarni taqdim qiluvchi Rackspace kompaniyasini sotib olishini e'lon qildi
Apollo Global (NYSE: APO) investitsion jamg‘armasi ma'lumotlarni saqlashning bulutli xizmatlarini taqdim qiluvchi Rackspace Hosting (NYSE: RAX) kompaniyasini sotib olishini e'lon qildi, deb xabar bermoqda Bloomberg axborot agentligi.
Rackspace’ning bir aksiyasi 32 dollarga baholanadigan bitim qiymati 4,3 mlrd dollarga baholanmoqda. Ta'kidlanishicha, aksiya uchun berilayotgan narx 25 avgustda savdolar yopilishi oldidagi narxdan 6 foizga va 3 avgustdagidan 38 foizga ko‘proqni tashkil qilmoqda.
Avvalroq Rackspace xosting-provayderi direktorlar kengashi bir ovozdan bitimni ma'qullagandi. Bitim 2016 yilning 4-choragida oxiriga yetkazilishi kutilmoqda.