Isroil armiyasi to‘liq avtonom jangovar avtomobilni qurollanishga oldi
Isroil armiyasi – TsAXAL to‘liq avtonom avtomobilni qurollanishga oldi. Bu haqda Mainichi Shimbun nashri xabar bermoqda. Isroil armiyasi vakillarining aytishicha, avtonom jangovar mashina 1,5 oydan beri G‘azo sektori bilan chegaradosh hududni nazorat qilmoqda. Ajib ishlanma Border Protector UGV degan nom oldi va yaqin orada Isroilning Misr, Suriya va Livan bilan chegaralarini qo‘riqlash uchun qo‘llanadi.
Isroil qurolli kuchlari bu mashina bilan to‘xtab qolmoqchi emas, u yaqin yillarda yangi jangovar robotlar va masofadan boshqariluvchi transport vositalarini foydalanishga qiritmoqchi. Bu mashinalarni ham kabinadan, ham masofadan turib boshqarish mumkin bo‘ladi. Isroil harbiylari rul va jangovar texnika quroli oldida odamlarning o‘rnini to‘liq egallay oladigan sun'iy ong yaratish ustida anchadan beri ish olib borishmoqda. Isroil armiyasi yarim avtomat patrul avtomobillaridan 8 yildan beri foydalanib kelmoqda.
Yaqin yillargacha Isroil armiyasi robotlarga jiddiy e'tibor bermay kelardi, biroq oxirgi yillarda vaziyat o‘zgargan.
Robotlar va sun'iy ong anchadan beri turli davlatlar harbiylarida katta qiziqish uyg‘otib keladi. Chunki robotlar razvedkadan boshlab o‘t ochish bilan qo‘llab-quvvatlashgacha bo‘lgan turli vazifalarni bajara oladi.