Light | 22:15 / 29.08.2016
10631
2 daqiqa o‘qiladi

Ikkita vertolyot osmonda dunyodagi eng katta kinoteatrni tashkil qildi

MTV kanali MTV Video Music Awards marosimi reklamasi uchun Nyu-York osmonida dunyodagi eng katta proyektsion tizimni tashkil qildi. 

Aktsiyada ikkita vertolyot ishtirok etdi: ulardan biriga ulkan mato (eng qisqa joyida eniga 75 metr) mahkamlandi. Bu matoga ikkinchi vertolyot tasvir proyeksiyasini tushirgan. Taqqoslash uchun, AQShdagi avtomobil kinoteatrlarida bu ekrandan 4 marotaba kichikroq ekranlar ishlatiladi.

Jahon rekordini bunday reklama turlariga ixtisoslashgan Branding By Air kompaniyasi o‘rnatdi. Kompaniya vakillarining aytishicha, buni amalga oshirish uchun ularga ikki yil talab qilingan. Odatdagi banner tungi shahar fonida ko‘rinmasligi sababli proyektsion tizimni qo‘llashga qaror qilingan.

Reklama aksiyasi uchun aerodinamik quvurda ko‘plab sinovlar o‘tkazildi: kompaniyada matoning ideal shakli qidirilgan. Ekranning o‘zi bir nechta bo‘lak matodan tikilgan bo‘lgan. Uning yuqori qismida havo cho‘ntaklari, pastida esa maxsus yuklar mahkamlangan bo‘lgan: bu detallar matoning havodagi harakatini stabil qilishga imkon bergan.

Proyektsion tizim 4K-proyektorlardan tashkil topgan bo‘lib, ular ekrandan 60 metr uzoqlikda joylashgan bo‘lgan. 

Ishlatilgan qurilmalar shunchalik og‘ir bo‘lganki, uni faqatgina harbiy vertolyot ko‘tara olgan.