Jamiyat | 09:29 / 30.08.2016
8082
2 daqiqa o‘qiladi

AQShda komedik aktyor Jin Uaylder 83 yoshida vafot etdi

Amerikalik aktyor Jyerom Silbermen, Jin Uaylder taxallusi bilan ijod qilgan komedik Stamford shahridagi (Konnektikut shtati) uyida, 83 yoshida hayotdan ko‘z yumdi. Bu haqda Variety jurnali xabar bergan.

Aktyorning qarindoshlari uning o‘limi haqidagi ma'lumotni tasdiqlashgan. Ularning so‘zlariga ko‘ra, o‘limning sababi Altsgeymer xastaligi kuchayishi bo‘ldi. 1989 yildayoq aktyorga limfoma tashxisi qo‘yilgandi.

Uning mashhur filmlari qatorida quyidagilarni keltirish mumkin: "Prodyuserlar" (The Producers, 1968), "Villi Vonka va shokolad fabrikasi" (Willy Wonka & the Chocolate Factory, 1971), "Hech narsani ko‘rmayman, hech gapni eshitmayman" (See No Evil, Hear No Evil, 1989), "Yosh Frankenshteyn" (Young Frankenstein, 1974).

Uaylder "Emmi" mukofoti laureati hisoblanardi. U shuningdek "Oskar" va "Oltin globus" uchun bir necha marta nomzod bo‘lgan.

Keyingi yillarda Uaylderning Villi Vonki obrazi "Qani, menga gapirib ber" (You must be new here) internet-memga aylangandi.