Sport | 19:50 / 31.08.2016
7179
1 daqiqa o‘qiladi
Kurashchi Ilhom Bahromov yoshlar o‘rtasidagi JChda kumush medalni qo‘lga kiritdi
O‘zbekistonlik kurashchi Ilhom Bahromov Fransiyada erkin, yunon-rum va xotin-qizlar kurashi bo‘yicha o‘tayotgan jahon chempionatida kumush medalni qo‘lga kiritdi.
O‘smirlar va yoshlar o‘rtasida Osiyo chempioni, II o‘smirlar Olimpiadasi g‘olibi Ilhom Bahromov yunon-rum kurashi bo‘yicha vazni 50 kilogrammgacha bo‘lgan polvonlar o‘rtasidagi bellashuvlarda eronlik Sayfulloh Muhsin Najodni, AQSh vakili Randon Dryu Mirandani va gruziyalik Nugzari Tsurtsumiani yengib, ikkinchi o‘rinni egalladi.
4 sentabrga qadar o‘tkaziladigan musobaqada sportchilarimiz erkin va xotin-qizlar kurashi bo‘yicha bellashuvlarda ham qatnashadi.