Tereza ona avliyolar safiga qo‘shildi
Kalkuttalik Tereza ona Rim papasi Frantsisk tomonidan avliyo deb e'lon qilindi. Uning avliyoligini rasmiylashtirishga bag‘ishlangan tantanali marosim 4 sentabr kuni Vatikanda avliyo Pyotr maydonida bo‘lib o‘tdi.
Maydondagi soborga Tereza onaning surati tushirilgan plakat osilgan. Marosimda dunyoning turli mamlakatlaridan kelgan minglab taqvodorlar ishtirok etishgan. Vatikan va Rim ko‘chalarida 3 mingdan ortiq politsiyachilar patrullik qilishdi. Shuningdek, ehtimoliy teraktlar oldi olinishi uchun qo‘shimcha choralar ko‘rilgan.
Kelib chiqishi alban, asl ismi Agnes Gondjye Boyadjiu bo‘lgan Tereza ona 1910 yilda Skopeda tavallud topgan, Hindistonning Kalkutta shahrida faoliyat yuritgan. U yerda Tereza ona xayriya missiyasiga asos solib, umrining oxiriga qadar (1997) o‘sha yerda istiqomat qilgan.
1979 yilda Tereza ona tinchlik bo‘yicha Nobel mukofotiga sazovor bo‘lgandi.