O‘zbekiston | 19:58 / 05.09.2016
73623
2 daqiqa o‘qiladi

Putin Islom Karimov haqida: U hamisha menga yaxshi munosabatda edi. Ertaga albatta Samarqandga boraman

Rossiya prezidenti Vladimir Putin 6 sentabr kuni O‘zbekistonga kelishi haqidagi ma'lumotni tasdiqladi. U Xitoydagi G20 sammiti yakunida shu haqida aytib o‘tgan.

«U hamisha menga olijanoblik bilan munosabatda bo‘lgan. Ertaga albatta unga hurmat bajo qilish uchun boraman», — degan Putin.

«Shuni aytishim kerakki, biz tanish bo‘lgan va birga ishlagan davrlarda, ayniqsa oxirgi bir necha yil davomida, men Islom Abdug‘aniyevichni insoniy tomondan tanishga muvaffaq bo‘ldim. Bizning munosabatlarimiz juda samimiy edi. U shaxsan menga juda iliq munosabatda edi, balkim, uning yoshi mendan kattaroq bo‘lgani tufayli, biz ikkimiz qolganda meni «sen»lab, ismimni aytib murojaat qilardi. Bu O‘zbekiston uchun katta yo‘qotish bo‘ldi, umuman inson dunyodan ko‘z yumishining o‘zi yo‘qotishdir», — dedi Vladimir Putin matbuot anjumanida.

Bundan oldinroq OAVda ushbu safar haqida xabar tarqalgandi.

Eslatib o‘tamiz, 3 sentabr kuni Islom Karimovning dafn marosimida  Rossiya bosh vaziri Dmitriy Medvedev boshchiligidagi delegatsiya ishtirok etdi.

Shu kuni vazir O‘zbekiston bosh vaziri Shavkat Mirziyoyev bilan uchrashgan, unda Rossiya O‘zbekiston bilan barcha yo‘nalishlarda hamkorlikni davom ettirishga tayyor ekanini yana bir bor ta'kidlab o‘tgan edi.

Mavzuga oid