Xitoyning Bishkekdagi elchixonasidagi terakt tashkilotchilari va ijrochilari shaxsi o‘rnatildi
Xitoyning Bishkekdagi elchixonasidagi terakt tashkilotchilari va ijrochilari shaxsi o‘rnatildi. Bu haqda Qirg‘iziston milliy xavfsizlik qo‘mitasi ma'lum qildi.
Terakt yuzasidan Tergov qo‘mitasi tomonidan "Terrorchilik" va "O‘qotar qurol, o‘q-dori, portlovchi moddalar va portlovchi qurilmalarni noqonuniy sotib olish, berish, sotish, saqlash, tashish va olib yurish" moddalari bo‘yicha jinoiy ish qo‘zg‘atilgan.
Tergovning aniqlashicha, terakt buyurtmachilari Suriyadagi "Jibhat an-Nusra" terrorchilik tashkiloti tomonidan boshqariladigan uyg‘ur terrorchilik guruhlari bo‘lgan.
Terakt ijrochilari: Qirg‘iziston fuqarosi, Osh viloyatining Nookat tumani Kuu-Maydon qishlog‘ida yashovchi, qirg‘iz, "Maksym Osh" korxonasi hisobchisi va o‘rindoshlik asosida "Adal Tur" turistik firmasi xodimi; O‘zbekistonning Andijon viloyati Buloqboshi tumanidagi No‘vak qishlog‘idan bo‘lgan, biroq Qirg‘izistonda yashovchi shu mamlakat fuqarosi
Terakt tashkilotchisi – "Adal Tur"ning Turkiyadagi vakili qidirilmoqda, u Istanbuldan teraktni tashkillashtirishning moliyaviy tomonlari bilan shug‘ullangan. Ma'lumotlarga ko‘ra, u hozirda Istanbulda.
Xorijlik hamkorlarga bu qidirilayotgan shaxslarni ushlash va Qirg‘izistonga topshirish iltimosi jo‘natilgan.
Mavzuga oid
11:00 / 26.09.2024
Bishkekda davlat xizmatchilariga shaxsiy avtomobilda ishga borish cheklandi
18:02 / 10.08.2024
TezJet aviakompaniyasi Bishkekdan Toshkentga parvozlarni yo‘lga qo‘yadi
21:31 / 23.07.2024
Qirg‘iziston poytaxtiga avtomobilda kirish pullik bo‘lishi mumkin
09:13 / 18.05.2024