O‘zbekiston mustaqilligining 25 yilligiga bag‘ishlab maxsus pochta markalari chiqarildi
“O‘zbekiston pochtasi” aksiyadorlik jamiyati tomonidan O‘zbekiston resbuplikasi mustaqilligining 25 yilligini nishonlash tadbiri doirasida maxsus pochta markalari turkumi tayyorlandi. Bu pochta markalari O‘zbekiston resbuplikasi axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi tomonidan 2016 yil 31 avgustdan muomalaga kiritildi.
Ushbu pochta markalarida mustaqillik davrida qurilgan zamonaviy arxitektura bino va inshootlari, sanoat va mashinasozlik rivoji hamda iqtisod, soliqni saqlash, sport, ta'lim sektorlari tasvirlangan.
Turkum 8ta pochta markasidan iborat (markazida kuponi bilan), kichik varaq ko‘rinishida tayyorlangan.
Kuponda Mustaqillik monumenti oldidan joy olgan farzandini bag‘riga bosib turgan Baxtiyor ona siymosi tasviri tushirilgan bo‘lib, ingliz tilida “O‘zbekiston Resbuplikasi Mustaqilligining 25 yilligi” matni joylashgan.
Pochta markalari va kupon bir necha rangda ishlangan. Ofset usulida bosilgan. Perforatsiyasi taroqsimon. Pochta markalarining o‘lchami 42x30mm, kichik varaqning o‘lchami 180x150mm. Adadi 8000 nusxa.
Identifikatsiya raqamlari berilgan va nominallar o‘rnatilgan.
1162. «Bunyodkor» stadioni (Toshkent sh.) – 1200 so‘m;
1163. «Minor» masjidi (Toshkent) – 1200 so‘m;
1164. Ustyurt gaz-ximiya majmuasi – 1500 so‘m;
1165. «Shevrolet» avtomobili («Kobalt») – 1500 so‘m;
1166. «Afrosiyob» tezyurar poyezdi – 2100 so‘m;
1167. TATU magistratura bitiruvchilari – 2100 so‘m;
1168. Vatan himoyachilari – 2500 so‘m;
1169. Baxtiyor ona va bola haykali – 2500 so‘m.