Jahon | 02:02 / 10.09.2016
4580
1 daqiqa o‘qiladi
Air New Zealand samolyoti teshilgan shina bilan Oklend aeroportiga qo‘ndi
Air New Zealand aviakompaniyasining yo‘lovchi samolyoti, shinalaridan biri bo‘shab qolganiga qaramay, Yangi Zelandiyaning Oklend shahri xalqaro aeroportiga muvaffaqiyatli qo‘ndi, deb xabar qilmoqda New Zealand Herald nashri.
Bortida 280ga yaqin yo‘lovchi bo‘lgan havo layneri Honoluludan NZ9 reysini amalga oshirayotgan bo‘lgan.
Parvozning onlayn namoyishi ko‘rsatishicha, samolyot qo‘nishga tayyorlanayotgan vaqtda belgilangan yo‘nalishdan chetga chiqqan.
Aeroport avariya xizmatlari shay holatga keltirilgan, qo‘nish yo‘lagiga har ehtimolga qarshi 8ta o‘t o‘chirish bo‘linmasi hamda poolitsiya vakillari yetib kelgan.
Yo‘lovchilarning so‘zlariga ko‘ra, qo‘nish odatdagidek amalga oshirilgan.