Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Bangladeshdagi fabrikada sodir bo‘lgan yong‘inda 12 kishi halok bo‘ldi
Bangladeshda fabrikada chiqqan yong‘in natijasida 12 nafar kishi halok bo‘ldi, o‘nlab kishilar jarohat oldi. Bu haqida Reuters agentligi guvohlarning so‘zlariga asoslanib, xabar berdi.
Manbaga ko‘ra, fabrika Bangladeshning potaxti Dakkadan 20 kilometr narida - Tongi shahrining sanoat hududida joylashgan. Yong‘in taxminan ertalabki soat 6larda fabrika xodimlari ishga kirishayotgan vaqtda boshlangan. Bu paytda fabrika binosida taxminan 100 nafar kishi bo‘lganligi ma'lum qilingan.
Yong‘in fabrika binosini butunlay qamrab olgan. Voqea sabablari hozircha noma'lum.