Jahon | 06:03 / 10.09.2016
7027
2 daqiqa o‘qiladi

Boris Jonson Rossiyani Suriyaga bosim o‘tkazishga chaqirdi

Buyuk Britaniya tashqi ishlar vaziri Boris Jonson Suriya hukumati Moskva va Vashington o‘rtasida imzolangan tinchlik shartnomasini bajarishi uchun Rossiyani  o‘z ta'siridan foydalanishga chaqirdi.

Britaniya TIV rahbarining murojaati mamlakat saytida chop etildi. 

U "Kerrining bu boradagi tinimsiz harakatlarini hurmatga loyiq", deb atadi.

"Damashq o‘z majburiyatlarini bajarishi hayotiy muhim ahamiyatga ega, men bunga erishish uchun Rossiyani o‘z ta'siridan foydalanishga chaqiraman", - ta'kidlaydi Jonson. 

Vazir o‘q uzishni to‘xtatish haqidagi kelishuv Suriyaga, ayniqsa Halabga insonparvarlik yordami yetkazib berishni  tashkillashtirish va mojaroni siyosiy jihatdan hal qilishga imkon berishiga umid bildirdi. 

"Bu esa, o‘z navbatida, Suriyani ikki balo - Asad (Suriya prezidenti Bashar Asad) va terrorizmdan qutqaradi hamda mamlakat aholisida tinch kelajakka umid uyg‘otadi", - dedi Jonson.