Braziliyalik futbol fanati 13 o‘g‘liga taniqli futbolchilar ismlarini berdi

Braziliyalik futbol ishqibozi o‘zining 13 nafar o‘g‘lini taniqli futbolchilarning ismlari bilan nomlagan. Bu haqida dailymail.co.uk ma'lum qildi.
40 yoshli Iriney Kruz va uning turmush o‘rtog‘i Jusileyda Silva bemalol o‘z o‘g‘illaridan futbol jamoasini tuzishlari mumkin. 1 oylikdan 18 yoshgacha bo‘lgan bolalarning barchasi Braziliya va butun dunyoga dong‘i ketgan futbolchilarning ismi bilan atalgan.
Juftlik qiz farzand tug‘ilishini juda istaydi, ammo hozirga qadar oila faqat o‘g‘illar hisobiga kengaymoqda. Konseysan-du-Koyte qishlog‘ida yashovchi er-xotin 13-farzandining qiz bo‘lishini juda xohlashgan edi, biroq oilada yana bir o‘g‘il dunyoga keldi. Uni braziliyalik afsonaviy futbolchi "So‘yloq" sharafiga Ronaldo deb nomlashdi.
Kichik Ronaldo 18 yoshli Robson, 17 yoshli Reynan, 15 yoshli Rayan, 14 yoshli Rubens, 13 yoshli Rivaldo, 12 yoshli Ruanu, 10 yoshli Ramon, 9 yoshli Rinkon, 7 yoshli Rikelme, 5 yoshli Ramires, 3 yoshli Rai va 2 yoshli Rafaellardan iborat katta "jamoa"ga qo‘shildi.
Juftlik to‘ydan oldin o‘zaro kelishib olgan: agar oilada o‘g‘il tug‘ilsa, ularga otasi ism qo‘yadi, qiz dunyoga kelsa - onasi.
Irineyning dunyodagi eng yaxshi futbolchilarning ismi "R" harfidan boshlanishiga ishonchi komil, shu bois uning barcha o‘g‘illariga qo‘yilgan ismlar shu harfdan boshlangan. U loaqal bir farzandining mashhur futbolchi bo‘lib yetishishini orzu qiladi. "Ularning barchasi yaxshi futbolchilar, ayniqsa, Robson va Rayan - ular bizning yulduzli hujumchilarimiz", - deydi g‘urur bilan Iriney. U dam olish kunlari o‘g‘illari va qishloqning futbol jamoasi o‘rtasidagi o‘yinga hakamlik qiladi.
Oila bekasining so‘zlariga ko‘ra, ularning birgina tushlik qilishi uchun odatda bir kilogramm guruch, bir kilogramm dukkaklilar va juda katta qadoqli makaron mahsulotlari ketadi.
Tavsiya etamiz
Trampni siylagan arablar, muzlatilgan savdo urushi va amalga oshmagan “duel” - Geosiyosiy hafta tahlili
Jahon | 16:04 / 17.05.2025
Tahdid va tarix haqida va’z: Istanbul muzokaralarida nimalar deyishdi?
Jahon | 13:33 / 17.05.2025
Haydovchilar uchun qator yengilliklar e’lon qilindi
O‘zbekiston | 18:04 / 16.05.2025
Shaharlarda yo‘l ta’mirlash ishlari faqat tunda amalga oshiriladi
O‘zbekiston | 17:20 / 16.05.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Xitoyda sun’iy yomg‘ir yog‘dirish bo‘yicha tajriba o‘tkazildi
Fan-texnika | 02:08
-
Trampning Putinga nisbatan sabri tugashni boshladi - Finlandiya prezidenti
Jahon | 01:36
-
Fransiya Janubiy Amerika junglilarida qattiq tartibli qamoqxona quradi
Jahon | 23:27 / 18.05.2025
-
Isroil armiyasi G‘azo sektorida keng ko‘lamli quruqlikdagi harbiy harakatlarni boshladi
Jahon | 23:13 / 18.05.2025