Jahon | 10:06 / 10.09.2016
4401
1 daqiqa o‘qiladi
Fransiya Qora dengizda harbiy kemalari sonini oshirmoqchi
Fransiya mudofaa vaziri Jan-Iv Le Drian Gruziyaga tashrifi vaqtida yaqinda Batumiga fransuz harbiy kemasi kelishini ma'lum qildi.
"Mening tashrifimdan bosh maqsad – biz Qora dengizda harbiy kemalalar sonini oshirmoqchimiz", deb aytgan vazir.
Fransiya mudofaa vaziri Gruziyaga 3 kunlik tashrif bilan keldi. U o‘zining gruziyalik hamkasbi bilan havo va dengiz mudofaasi borasidagi ikki davlat o‘rtasidagi hamkorlik va aloqalarni chuqurlashtirishnii muhokama qilishdi.