Sport | 09:44 / 10.09.2016
5869
2 daqiqa o‘qiladi

"Liverpul" amaldagi chempionni yirik hisobda mag‘lub qildi

Angliya Premer-ligasining 4-turidan o‘rin olgan yana bir markaziy uchrashuv "Liverpul" va "Lester" bahsi poyoniga yetdi. 

"Enfild"da bo‘lgan bahsda "qizillar" 4:1 hisobida "Lester" ustidan g‘alaba qozondi. Roberto Firmino 13, 89 daqiqalarda ikki marotaba "tulkilar" darvozasini ishg‘ol qilgan bo‘lsa, Mane va Lallana bir boradan gol urishning uddasidan chiqdi. Mehmonlar safidagi yagona to‘p Jyeymi Vardi hisobiga yozildi. Shunday qilib, "Liverpul" ortda qolgan 4 turdan keyin ochkolari sonini 7taga yetkazib olishga muvaffaq bo‘ldi. 

"Liverpul"  - "Lester" - 4:1

Gollar: 1:0 – 13 Firmino, 2:0 – 31 Mane, 2:1 – 38 Vardi, 3:1 – 56 Lallana, 4:1 – 89 Firmino.

"Liverpul" – Minole, Milner, Matip, Klayn, Veynaldum (Styuart, 76), Leyva, Mane (Moreno, 90), Lallana, Firmino, Xenderson, Starridj (Koutino, 76).

"Lester" –    Shmeyxel, Xut, Fuks, Simpson (Ernandes, 34), Morgan, Amarti, Drinkuoter, Olbrayton (Uloa, 65), Marez, Okadzaki (Musa, 46), Vardi.

Ogohlantirishlar: Amarti (28), Xenderson (44), Drinkuoter (57), Xut (82).