National Interest: AQSh o‘zi qilayotgan ishlarda boshqa davlatlarni ayblamoqda
AQSh Rossiya va boshqa davlatlarni fitnalarda ayblayotgan bo‘lsa-da, aslida uning hatti-harakatlari fitnalidir, deb yozmoqda The National Interest nashri. Maqola muallifi Ted Galen Karpenter o‘z maqolasida turli xil vaziyatlarni tahlil qilib, AQSh qurolli kuchlarining ayblovi, ularning harakatlariga tamoman zidligini ta'kidlaydi. Ya'ni, Amerika qurolli kuchlari o‘z hududlaridan uzoqda bo‘lishi hamda boshqa davlatlarning milliy manfaatlari doirasida harakatlanganiga qaramay, aynan o‘sha davlatlarni fitnalarda ayblamoqda.
"Bu mavzu, bizlar eng ko‘p duch kelayotgan masaladir: go‘yo AQShning xalqaro harbiy maydondagi barcha harakatlari nafaqat qarshilikka uchramasligi, balki bu borada savol yoki tanqidga o‘rin qoldirmasligi kerak", — deb yozadi muallif.
Karpenter o‘z fikrining isboti sifatida Rossiya bilan Suriya, Boltiqbo‘yida, Eron bilan Fors ko‘rfazida, Xitoy bilan Janubiy Xitoy dengizida yuz bergan vaziyatlarni yodga oladi.
Xususan, Vashington va Amerika OAV Moskvani Suriya mojarosiga harbiy aralashuvini qoralar ekan, o‘zining undagi ishtirokini nafaqat normal holat, aksincha zarurat nuqta-i nazaridan baholagandi.
"Amerika lochinlari, Suriya Rossiya chegaralaridan ming kilometrdan ham kamroq uzoqlikda joylashganiga e'tibor ham bermay, Rossiyaning harakatlaridan g‘azablanmoqda. Buning ustiga, hukmron Asad oilasi qachonlardan beri Moskvaning "siyosiy mijozi" hisoblanadi", — deya izohlaydi Karpenter.
AQSh Boltiqbo‘yida ham xuddi shunday ikki xil standartlar siyosatini qo‘llayapti. Rasmiy Vashington, bir necha marta Rossiya harbiy kemasi yoki samolyoti Amerika harbiy kemalariga noqulaylik yaratganidan kuyinib shikoyat qildi. Ammo, nahotki, hukumat vakillarining miyasiga, rasmiy Moskva, Rossiya chegaralarining bevosita yaqinida harakatlanayotgan amerikaliklarni tahdid sifatida ko‘rishga to‘la haqli, degan fikr kelmagan bo‘lsa.
"AQSh qurolli kuchlarining har qanday harakati, hatto ular boshqa yirik davlatlarning yaqinida amalga oshirilganida ham fitnaga sabab bo‘la olmaydi, degan pozitsiya tobora kuchayib borayapti".
Muallifning yozishicha, Vashington o‘z hududidan minglab kilometr uzoqlikdagi Janubiy Xitoy dengizida ham xuddi shunday yo‘l tutmoqda. Albatta, AQSh bu holatda o‘zining emas, balki Xitoy HHK va HDFning amaliyotlarini "xavfli, fitnali va nomaqbul" deya jar solgan, garchi bu mintaqa AQShdan ko‘ra XXRga yaqinroq bo‘la ham.
Avgust oyida Fors ko‘rfazida AQSh va Eron kemalari xavfli masofada yaqinlashdi. Islom respublikasining uncha katta bo‘lmagan patrul kemasi Amerikaning minonosetsini quvib yetib, uni kuzatib qo‘ydi. Oq uy shu ondayoq, bu hodisani "dahshatli fitna" deya baholadi.
"Aftidan, hech kim bu voqeani AQSh fitnasi deb hisoblamagan ko‘rinadi. Axir, og‘ir qurollangan minonosetsni boshqa harbiy kemalar hamrohligida o‘z hududidan 6 ming mil uzoqlikda, Eron sohillarining bir necha mil yaqinida boshqarish fitnadan boshqa narsa emas-ku", — deya kuyinadi maqola muallifi.
Karpenterning so‘zlariga ko‘ra, Amerika hukumati va OAV, boshqa mamlakatlar AQShning bu kabi hatti-harakatlarini do‘stona qabul qilmasligi tabiiy hol ekanini anglab yetishi kerak.
""Biz yaxshi insonlarmiz, shuning uchun biz nima qilsak xato ham emas, fitna ham", degan, faqat o‘zini qoniqtiradigan fikr— bir vaktning o‘zida ham xavfli, ham xomxayoldir", — deb xulosa qilgan Ted Galen Karpenter.
Mavzuga oid
23:20 / 13.11.2024
Polshada AQShning raketaga qarshi mudofaa bazasi ochildi
22:44 / 13.11.2024
Tramp ma’muriyatida Ukraina bo‘yicha maxsus vakil bo‘ladi - OAV
22:14 / 13.11.2024
Tramp lavozim taqsimlamoqda: Pentagon jurnalistga, Maskka yangi departament
15:44 / 13.11.2024