Jamiyat | 12:44 / 10.09.2016
5001
2 daqiqa o‘qiladi

OAV: Hindiston HHKning MiG-21 qiruvchi samolyoti halokatga yo‘liqdi

© AP Photo

Shanba kuni ertalab Hindistonning shimoli-g‘arbidagi Rajaston shtatida halokatga yo‘liqqan mamlakat Harbiy havo kuchlariga qarashli (HHK) MiG-21 qiruvchisining ikki nafar uchuvchisi muvaffaqiyatli katapultani amalga oshirishning uddasidan chiqishgan. Bu haqida mahalliy politsiya xabar berdi. 

Qishloq xo‘jalik hududi hisoblangan Bamer tumanida ro‘y bergan halokat natijasida hech kim jabrlanmagan. Qiruvchining qulash sabablari o‘rganilmoqda.

MiG-21'ning Hindiston HHKda ekspluatatsiyasi yo‘lga qo‘yilgandan keyin ularda 170 nafardan ortiq uchuvchi halok bo‘lgan. Hozirda Hindiston qiruvchi aviatsiya parkini modernizatsiyalash ishlarini olib bormoqda. U yerdan 240dan ortiq Su-30MKI ko‘p maqsadli qiruvchisi va taxminan 70ta MiG-29 smaolyoti o‘rin olgan.

Hindiston HHK tasarrufida 51ta Mirage 2000 fransuz qiruvchisi va 200tacha MiG-21 samolyotlari mavjud - bularning deyarli yarmi yaroqsiz ahvolga kelib qolgan, qolganlari esa modernizatsiyalashtiriladi. Shu bilan birga Hindiston o‘zining Tejas qiruvchilarini ishlab chiqaradi va yana 36ta fransuz Rafale'ini qo‘lga kiritishni rejalashtirmoqda. Bundan tashqari kelajakda mamlakat havo kuchlari kamida 200ta beshinchi avlod samolyotini xarid qilmoqchi, bu borada Hindiston Rossiya bilan aloqalar o‘rnatmoqda.