Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Paralimpiada musobaqalarida ishtirok etayotgan o‘zbekistonlik sportchi bronza medalini qo‘lga kiritdi
Braziliyaning Rio-de-Janeyro shahrida bo‘lib o‘tayotgan Paralimpiya o‘yinlarida O‘zbekiston vakillari muvaffaqiyatli ishtirokini davom ettirmoqda.
9 sentabr kungi bahslarda 4 nafar o‘zbekistonlik paralimpiyachilarimiz ishtirok etishdi.
Dzyudo musobaqasining erkaklar o‘rtasidagi bahslarida -73 kg vazn toifasida tatamiga chiqqan Feruz Saidov terma jamoamizning yana bir bronza medalini qo‘lga kiritdi. U dastlabki kurashda jazoirlik Mehdi Meskineni mag‘lub etib, yarim finalga yo‘l oldi.
Ammo, final ostonasida unga biroz omad yetishmadi. Feruz ukrainalik Dmitro Solovevga imkoniyatni boy berib qo‘ydi. Shundan so‘ng, bronza medali uchun kechgan bahsda Kuba vakili Jyeraldo Rodrigesni dog‘da qoldirdi.