Jamiyat | 07:11 / 10.09.2016
3512
1 daqiqa o‘qiladi

Sudanda avtohalokat oqibatida 27 kishi halok bo‘ldi

Sudanda yirik yo‘l-transport hodisasi oqibatida 27 kishi halok bo‘ldi va 40 dan ko‘proq kishi jarohat oldi. Bu haqda As-Sayha nashri xabar bermoqda.  

Ikkita shaharlararo avtobus ishtirokidagi yo‘l-transport hodisasi mamlakat poytaxti – Xartum va Al-Fasher shaharlari o‘rtasidagi yo‘lda yuz berdi. Mavjud ma'lumotlarga ko‘ra, avtobuslardan birining haydovchisi qarama-qarshi yo‘nalishga chiqib ketgan va katta tezlikda ro‘paradan kelayotgan atobus bilan to‘qnashgan. 

Jarohatlanganlar shifoxonalarga yetkazilgan, ulardan ko‘pining ahvoli og‘ir deya baholangan. Shifokorlar qurbonlar soni oshishi mumkinligini aytishmoqda.