Jahon | 02:43 / 10.09.2016
7059
2 daqiqa o‘qiladi

Vladimir Putin poytaxt aholisini Moskvaning 869-yilligi bilan qutladi

Rossiya davlat rahbari Vladimir Putin Qizil maydondagi Shahar kuni sharafiga uyushtirilgan konsertga tashrif buyurdi va poytaxt aholisi hamda mehmonlarini Moskvaning 869 yilligi bilan tabrikladi. Bu haqida Kremlning rasmiy saytida ma'lum qilindi. 

Tabrik davomida Putin Moskva shahri Rossiya aholisining barchasi uchun birdek qadrli va sevimli ekanini ta'kidladi. 

Davlat rahbari o‘z nutqi davomida Moskvani dunyoning eng go‘zal shaharlaridan biri, deb atadi va uni ulug‘ladi. 

"Kelasi yil Moskva 870 yoshga to‘ladi. Bu sana davlatimiz tarixidagi ko‘plab muhim hodisalarni o‘z ichiga oladi, lekin eng avvalo - Rossiya davlatchiligining shakllanishi va mustahkamlanishida Moskvaning rolini aniqlab berdi", - dedi Putin. 

Rossiya prezidenti mamlakat tarixi va unda Moskva shahrining tutgan o‘rniga to‘xtalib o‘tdi. Bundan tashqari, bugungi kunda Moskvaning yangicha ko‘rinish olayotgani, shaharda yanada qulay  sharoitlar yaratilayotgani alohida ta'kidlandi. 

"Bayramingiz qutlug‘ bo‘lsin! Moskva, Shahar kuning muborak!", - deya yakunladi o‘z nutqini Vladimir Putin. 

Лола Раҳманбаева
Tayyorlagan Лола Раҳманбаева
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish