Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Samsung Galaxy Note 7’ni o‘chirib qo‘yishni so‘radi
Samsung kompaniyasi Galaxy Note 7 foydalanuvchilaridan o‘z smartfonlarini o‘chirish va qisqa vaqt ichida uni almashtirishni so‘radi. Bunga kompaniyaning mamlakat birja bozoridagi aksiyalari keskin tushib ketgani sabab bo‘lgan, deb yozmoqda Reuters.
Samsung 2 sentabr kuni Galaxy Note 7 smartfonini quvvatlash vaqtida yonib ketishi sababli qaytarib olishni boshlagan edi. Bu ijtimoiy tarmoqlarda keng muhokamaga, shuningdek, smartfonni samolyotlarga olib chiqish rasman taqiqlanishiga sabab bo‘ldi.
Mutaxassislar ushbu voqea uzoq muddat kompaniya obro‘siga ta'sir ko‘rsatishini aytishmoqda. Samsung o‘z obro‘sini tiklab olishi uchun 211 mlrd dollar atrofida pul sarflashi kerak, deb taxmin qilinmoqda.
Samsung smartfonlarni o‘chirib qo‘yishni so‘raganidan keyin kompaniya aksiyalari birdan 6,98 foizga tushib ketgan. Kompaniyaning bozor narxi 22 mlrd dollarga baholanmoqda – bu so‘nggi 8 yil ichida eng past ko‘rsatkich hisoblanadi.
Mavzuga oid
20:41 / 30.06.2026
Yangi Samsung Galaxy 2026 yilning "eng bema’ni" smartfoni deb topildi
20:13 / 24.06.2026
Nothing «orzudagi smartfon» konsepsiyasini namoyish etdi
20:41 / 22.06.2026
Yetakchi Android brendlari 7 dyuym ekranli smartfonni tayyorlamoqda
09:39 / 19.06.2026