Light | 10:45 / 13.09.2016
23597
10 daqiqa o‘qiladi

Mutaxassislarning kuzatuvlariga ko‘ra odam o‘z umri davomida 10 ming litr sut ichar ekan

Miya hujayralari va ishlash qobiliyati uchun

“O’zimizniki” sut mahsulotlari ozuqaviyligi yuqori bo‘lgan va yengil o‘zlashtiriladigan  mahsulot  hisoblanadi.  O‘rtacha  500  gramm  sut  bizga sutkalik  quvvatning uchdan  bir  qismini  beradi.  Organizmning salomatligi kislota-ishqor muvozanati yoki pH 7,36-7,42 ni ushlab turish bilan  saqlanadi.  Ushbu  muvozanatning buzilishi  turli  kasalliklarga olib  keladi.  Organizmni  me'yorga  keltirish  uchun  organik  kislotalarni qabul  qilish  zarur.  “O’zimizniki”  sut  mahsulotlari esa  ana  shu kislotalarga  boy.“O’zimizniki” sut mahsulotlari tarkibida organik kislotalardan tashqari triptofan  kabi  o‘rni  bosilmaydigan  aminokislota mavjud.  Asab hujayralari  tiklanmaydi  degan  keng  tarqalgan  fikrga  qaramasdan  miya hujayralarini  yangilash  va  uning  normal  faoliyati  uchun  o‘rni 
bosilmaydigan  aminokislotalar,  birinchi  navbatda,  yong‘oq,  go‘sht  va  sut tarkibida mavjud bo‘lgan triptofan, fenilalanin va leysin juda zarur.

Triptofan  yordamida  organizmda  serotonin  va  melatonin  sintezlanadi. Serotonin  kayfiyatni  ko‘taradi,  aqliy  va  jismoniy  ish  qobiliyatini oshiradi. Tushkunlik  paytida  serotonin  miqdori  sezilarli  darajada pasayishi isbotlangan.  Tabiiy  yorug‘lik  kamayganida  (qosh  qoraygan paytda)  serotonindan  uyqu kelishiga  ko‘maklashadigan,  uning  sifati  va davomiyligiga  ta'sir ko‘rsatadigan  melatonin  moddasi  hosil  bo‘ladi. Qadimgi  Ayurveda  retseptlarida bedorlikda  sut,  asal,  muskat  yong‘og‘i aralash tarkib tavsiya etilgan.

Suyaklar mustahkamligi uchun

Kaltsiy o‘ziga xos mineral. Uni o‘zlashtirish uchun bir nechta shart talab  etiladi.  Jumladan,  fosfor,  magniy,  kaliy  miqdori  kalsiy miqdoridan  ko‘p bo‘lmasligi,  shuningdek,  optimal  yog‘  miqdori  bo‘lishi shart.  Ushbu  mikro  va  makroelementlarning  barchasi  “O’zimizniki”  sut mahsulotlarida  ideal  tarzda muvozanatlashtirilgan.  Demak,  sut tarkibidagi  kalsiy  juda  yaxshi  o‘zlashtiriladi.  “O’zimizniki”  sut mahsulotlarining  yog‘i  organizm  tomonidan sintezlanmaydigan  va  ovqat bilan  birga  tushishi  kerak  bo‘lgan  o‘rni  bosilmaydigan  yog‘li kislotalarning to‘laqonli manbai  hisoblanadi. U boshqa hayvon yog‘larida deyarli  mavjud  bo‘lmagan  A,  D,  E  va  K  vitaminlariga  boy.  “O’zimizniki”sut  mahsulotlarida  B  guruhiga  kiruvchi  vitaminlar,  C,  PP vitaminlari ham bor.

Sut yog‘i va xushbichimlik

Sutga  qarshi  bo‘lganlarni  qiynaydigan  masala  bu  –  yog‘.  Biroq “O’zimizniki”  sut  mahsulotlarida,  hatto  yog‘lilik  darajasi  3,2  %  bo‘lgan sutda ham (100 gramm mahsulotda bor-yo‘g‘i 3 gramm) juda kam miqdorda yog‘ mavjud.Endi  ortiqcha  vazn  to‘g‘risida.  2007—2009-yillarda  Koreyada  sut iste'moli  darajasi  va semirish  o‘rtasidagi  teskari  korrelyatsion aloqani aniqlagan tadqiqot o‘tkazildi. Unga ko‘ra, har kuni sut iste'mol qilgan odamlar semirishdan ancha kam aziyat chekkan.Katta yoshli organizmga sut zararli degan fikr  –  xato. “O’zimizniki”sut  mahsulotlarining  yog‘i  95  foizga  o‘zlashtiriladi.  Agar  sut  zararli bo‘lganida, u organizm tomonidan bu darajada o‘zlashtirilmagan bo‘lardi. Demak, organizmimiz yetarli darajada aqlli.

Oshqozon yarasi borlarga yordam 

Agar  oshqozon  shirasining  kislotalilik  darajasi  yuqori  bo‘lsa, unda  sut  og‘izga aylanayotganida  oshqozondagi  erkin  kislotaning  ko‘p qismini  o‘ziga tortadi. Shu  tariqa  oshqozon  shirasining  umumiy kislotalilik darajasi vaqtinchalik pasayadi. Buni oshqozon yarasi bor har bir  kishi biladi. Xlorid  kislota gipersekretsiyasi  tomonidan  keltirib chiqarilgan  og‘riqlarda  oq  nondan  qilingan  qoq non  va  “O’zimizniki”  sut mahsulotlari yordam berishi mumkin.

Sutni to‘g‘ri ichamiz 

Birinchi  va  eng  muhim  qoida:  sut  yangi  bo‘lishi  kerak.  Biz shaharlarda  yangi  sog‘ilgan  sutni  xarid  qilish  imkoniyatidan  deyarli mahrummiz.  Shu  bois  ich buzilishlari  va  og‘ir  infeksiyalarning  oldini olish maqsadida “O’zimizniki” sut mahsulotlarini xarid qilish zarur. Shuningdek, sut ichimlik emas, balki ovqat ekanini ham unutmaslik darkor.  Sut  yengilroq hazm bo‘lishi uchun uni och qoringa kichik ho‘plamlar bilan, yaxshi hazm bo‘lishi uchun og‘izda uzoqroq ushlab turgan holda, ichgan ma'qul. Laktozani qisman ko‘tara olmaydigan odamlar, bundan mustasno, albatta. Ular sutni biror-bir qattiq mahsulot bilan aralashtirgan holda 
ichishlari  kerak,  bu  sutning  foydasiga  hech  qanday  ta'sir  ko‘rsatmasdan laktozaning o‘zlashtirilishini sezilarli darajada sekinlashtiradi.

Sut  ichgandan  so‘ng  bir—bir  yarim  soat  davomida  ovqat  tanovul qilmagan  ma'qul.  Shuningdek,  sutni  juda  sovuq  holda  iste'mol  qilish ham  tavsiya etilmaydi.  Past  harorat  ovqat  hazm  bo‘lishini qiyinlashtiradi.  Oshqozon-ichak  trakti  uchun  sutli  musslar,  pudinglar, ko‘pirtirilgan  qaymoqli  reza mevalar  va  mevalar  juda  foydali.  Biroq ularni yaxshisi tushlikdan so‘ng tanovul qilish kerak. Sut  yangi  uzilgan  sabzavotlar,  bodring,  olxo‘ri,  tuzlangan, 
dudlangan  baliq  va  kolbasalar  bilan  aralashtirish  mumkin  emas.  Shu bilan  birga  sutni  shirin  kulchalar  bilan  ham  ichish  nojoiz.  Bu  holda 
ichakda  meteorizm  va  qorin  og‘riqlarini  keltirib  chiqaruvchi  achish jarayoni  boshlanadi.  Buning  ustiga  shirin  kulcha  va  sut  juda  kaloriyali 
ovqat hisoblanadi. “O’zimizniki”  sut  mahsulotlari  haqida  yanada  ko‘proq  bilishni istaysizmi?

Unda  joriy  yilning  24-sentabr  kuni  soat  14:00  dan  17:00  gacha korxonamizga  tashrif  buyurib  o‘zingiz  barchasiga  guvoh  bo‘lishingiz mumkin.

Ma'lumot uchun,
Manzil
: Namangan viloyati, Namangan tumani, Mirishkor QFY
Tel: +998913630155

Reklama huquqi asosida.

Mavzuga oid